Legionerlar. G'aniev gol urgan bahsda “Al Bataeh” mag'lub bo'ldi

BAA chempionatining 1-turida “Al Bataeh” klubi safarda “Al Ayn”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
“Al Bataeh”ning yagona goli o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev tomonidan kiritildi. U 69-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.