Qirg'iziston Premer-ligasi 16-turida “Alay” klubi o'z maydonida “Aziyagol”ni qabul qildi.

Gollarga boy kechgan bahsda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozondi. “Alay” safida Mirzohid Mamatxanov, Ildar Mamatkazin, Jamshid Qobulov maydonga tushdi. Murodxo'ja Jabbarov zaxiradan safga qo'shildi.

“Aziyagol” klubini esa o'zbekistonlik mutaxassis Islom Ahmedov boshqarmoqda.