Leau "Milan"ni tark etgan Teo Ernandesga murojaat qildi

Xabaringiz bor, Teo Ernandes 6 yillik faoliyatidan so'ng "Milan"ni tark etdi, u endi Saudiya Arabistonida to'p tepadi.
Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau frantsuz do'sti bilan xayrlashdi.
"Sen o'z nomingni bu klub tarixiga yozding," - deb yozdi portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi 2019 yildan buyon "Milan" safida 262 ta o'yinda maydonga tushgan.