"Latsio" "Napoli" sobiq etakchisini o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin

Rimning "Latsio" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri haqiqatan ham jamoa safida "Napoli"ning sobiq yarimhimoyachisi Lorentso Insineni ko'rishni istaydi.
Bu haqda futbolchining vakili Andrea D'Amiko ma'lum qildi va mutaxassisga uning o'yini har doim yoqqanini ta'kidladi.
- Sarri hamisha Lorentsoga o'z safida ko'rmoqchi edi. "Latsio" hozirda shartnomasi tugayotgan futbolchilar bilan muammolarga duch kelmoqda, ammo bu hal bo'lgach - transfer haqida jiddiy gapirish mumkin bo'ladi," - dedi D'Amiko.
34 yoshli Insinening so'nggi klubi MLSning "Toronto" klubi bo'lib, yarim himoyachi 2025 yilning 1 iyulida klubni tark etgandi.
Uning bozor qiymati 1,8 mln evroni tashkil etadi. Italiya terma jamoasi tarkibida Insine Evropa chempioni hisoblanadi.