Ispaniya La Ligasining 1-turida "Vilyarreal" o'z maydonida "Ovedo"ni mag'lub etdi - 2:0.

Uchrashuvning 14-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishi mumkin edi, biroq Solomon Rondon penaltidan unumli foydalana olmadi.

29-daqiqada Karl Etta Eyongning goli evaziga mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan 7 daqiqa o'tib, Pape Gey "Vilyarreal"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Manba: www.stadion.uz.