La Liga rahbarini mashhur yurist sudga berdi

Ispaniyalik mashhur yurist Migel Galan La Liga 2025 yilning 2 aprel kuni "Barselona"ning moliyaviy vaziyatini oshkor qilgani uchun Xaver Tebas ustidan Ispaniyaning sport ishlari bo'yicha oliy kengashiga ariza kiritdi.
Aynan Migel Galan agar "Barselona" istasa, klubning moliyaviy ahvolini oshkor qilgani uchun Xaver Tebasni ishdan olinishigacha olib borishi mumkin degan edi. Shundan keyin La Liga o'zining rasmiy sahifalaridan "Barselona"ga oid bayonotini o'chirgan edi.
Kecha "Real Madrid", bugun Galan Tebasga qarshi jiddiy ayblovlarni e'lon qildi. Bu Tebas uchun yaxshilik bilan tugamasligi mumkin.