La Liga prezidenti Mayamida o'yin o'tkazish niyatini bildirdi

Ispaniya La Ligasi prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Xaver Tebas chempionat o'yinini Mayamida o'tkazish istagini yana bir bor bildirdi.
"Biz qachondir La Liga o'yinini Mayamida o'tkazish niyatidamiz. Buning uchun katta jamoa - "Barselona" yoki "Atletiko" kerak. Munosabatlarimizni hisobga olsak, Madridning "Real"idan ko'ra "Barselona"ni tanlash osonroq," - deya Tebasning so'zlarini keltiradi Ispaniyaning SPORT nashri.
Ispaniyaning amaldagi chempioni "Barselona" hisoblanadi. O'tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi ichki arenadagi uchala turnirda ham g'alaba qozongan edi. Kataloniyaliklar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.