La Liga. Mbappening penaltidan urgan yagona goli "Real"ga mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi

Ispaniya chempionati 1-turida "Real" "Osasuna"ni qabul qildi.
Bahsda "qirollik klubi" 51-daqiqada Kilian Mbappening penaltidan urgan goli evaziga 3 ochko oldi.
90+4-daqiqada mehmonlar futbolchisi Abel Bretones Gonsalo Garsiyaga nisbatan ishlatgan qo'polligi sabab maydondan chetlatildi.
"Real" 2-turda "Ovedo" mehmoni bo'ladi. O'yin 24 avgust kuniga belgilangan.
Manba: www.stadion.uz.