La Liga klubi "Real"ning sobiq hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi

Fichajes'ning xabariga ko'ra, Luka Yovich faoliyatida yangi bosqichni, bu safar “Real Ovedo”da boshlashga tayyor.
"Milan" bilan shartnomasi tugaganidan keyin klubsiz qolgan serbiyalik hujumchi joriy mavsumda Ispaniya futbol elitasiga qaytgan jamoa bilan kelishuvga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Yovich "Real" safida barcha musobaqalarda 51 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.