"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasadoga La Liganing boshqa klubidan qiziqish bor.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchini "Betis" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kasadoning o'zi "ko'k-anorranglilar" asosiy tarkibiga kirish qiyinligini bilsa-da, qolib, o'z o'rni uchun kurashmoqchi.

Transfermarkt portalida Kasadoning narxi 30 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.