La Liga klubi futbolchisi "Valensiya"ga o'tdi

Xose Kopete "Valensiya"ga o'tdi.
"Ko'rshapalaklar" "Malorka"dan 25 yoshli himoyachining transferini elon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
El Desmarque nashri xabariga ko'ra, kelishuv 3,5 million evroni tashkil etadi va bonuslar hisobiga 4 million atrofida oshishi mumkin.
Kopete o'tgan mavsumda La Ligada 25 ta o'yin o'tkazdi.