“Malorka” muxlislari o'yin davomida “Barselona”ni haqorat qilishdi.

Jamoalar La Liganing 1-turida o'yin o'tkazishdi, kataloniyaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

La Liga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga "Malorka" muxlislarining xatti-harakati yuzasidan shikoyat yubordi.

Birinchi bo'lim oxirida ular "Barsa muxlisi bo'lish ahmoq bo'lish demakdir" degan iboralarni aytib hayqirishdi. Shuningdek, yana boshqa haqoratli so'zlar ham aytilgan.