La Liga. "Atletik Bilbao" Niko Uilyamsning gol va golli uzatmasi evaziga "Sevilya"dan ustun keldi (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 1-turida "Atletik" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar vingeri Niko Uilyams 36-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, 81-daqiqada Robert Navarroga golli pas uzatdi. "Atletik"ning yana bir goliga 43-daqiqada Maroan Sannadi mualliflik qildi.
Mehmonlar safida Dodi Lukebakio (60-daqiqa) va Lyusen Agume (72-daqiqa) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Manba: www.stadion.uz.