Kyokchyu “Beshiktosh” bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi

“Benfika” klubi yarim himoyachisi Orkun Kyokchyu “Beshiktosh”ga o'tishga yana bir qadam yaqinlashdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 24 yoshli yarim himoyachi "Beshiktosh" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida printsipial kelishuvga erishgan. Manbaga ko'ra, ayni paytda klublar o'rtasida Kyokchyu transferi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Avvalroq, Kyokchyu "Benfika" rahbariyatini "Beshiktosh"ga o'tish istagini bildirgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.