Gretsiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.

Ushbu medalni qizlar kurashi dasturida ishtirok etgan Muhayyo Rahimjonova qo'lga kiritdi.

-65 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz murosasiz kechgan bahslarda faqatgina hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi xolos. Musobaqa davom etadi.