"Manchester Yunayted" yangi hujumchisi Mateus Kunya jamoa safidagi debyutidan so'ng o'z his-tuyg'ularini ijtimoiy tarmoqlarda bayon etdi.

26 yoshli braziliyalik futbolchi "Lids"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (0:0) debyut qildi.

"Bu libosni kiyish qanday yoqimli tuyg'u", - deb yozdi Kunya.

Forvard shu yozda 74 million evro evaziga "Vulverxempton"dan sotib olindi.