Kunde: «Yamal «Oltin to'p»ni olsa, u bunga to'liq haqli bo'ladi»

"Barselona"ning frantsiyalik himoyachisi Jyul Kunde "Oltin to'p"ni kim olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
«Siz meni qiyin ahvolga solib qo'yyapsiz. Shunchaki shuni aytamanki, agar Lamin sovrinni qo'lga kiritsa, u ham mavsumni ajoyib o'tkazgan boshqa futbolchilar kabi bunga loyiq bo'ladi», - dedi Kunde.
O'tgan mavsumda 18 yoshli Yamal barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.