Kukurelya: "Boshqa klublarda "Chelsi"dagidek bosimni his qilmagandim"

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya "PSJ" bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali oldidan intervyu berdi.
Ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida "Brayton"dan London klubiga o'tgandi. Transfer qiymati 60 mln evrodan oshgan.
"Avvallari men asosan kichik klublarda o'ynardim, shuning uchun "Chelsi"dagi kabi bosimni his qilmasdim. Har bir g'alabadan juda xursand bo'lardik, duranglar ham ijobiy qabul qilinardi - xavfli zonadan uzoqroqda yurishning o'zi etarli edi. "Chelsi"ga kelganimdan so'ng darhol har bir o'yinda g'alaba qozonish zarurligini his qildim," - deydi "ko'klar" futbolchisi jurnalist Bobbi Vinsent bilan suhbatda.