Kudus "Vest Xem" tarixidagi ikkinchi eng yirik sotuv transferi bo'ldi

Juma kuni Muhammad Kudus "Tottenxem" futbolchisiga aylandi. Bitim 63,8 mln evroga baholanmoqda. Transfermarkt portali ta'kidlashicha, Kudusning transferi Londonning "Vest Xem" klubi tarixidagi ikkinchi eng qimmat sotuv bo'ldi.
Shunday qilib, "bolg'achilar" 2023 yil yozida faqat bitta o'yinchi - Deklan Rays uchun ko'proq pul olishgan. O'shanda "bolg'achilar" o'z tarbiyalanuvchisi uchun Londonning "Arsenal" klubidan qariyb 117 mln evro olgandi.
"Vest Xem" tarixidagi uchinchi eng qimmat sotuv - Dimitri Paye, uni "bolg'achilar" bir necha yil oldin "Marsel"ga 29,3 mln evroga sotishgandi. To'rtinchi o'rinda 15 yil oldin "Manchester Siti"da 29 mlnga sotilgan Karlos Teves.