Kudus "Tottenxem" tarixidagi eng yirik ikkinchi xaridga aylandi

Juma kuni Muhammad Kudus "Vest Xem"dan "Tottenxem"ga o'tgani ma'lum bo'ldi. "Bolg'achilar" va Gana terma jamoasi vingeri "shporlar"ga 63,8 mln evroga tushgan.
Transfermarkt portali tarqatgan xabarga ko'ra, Kudus "Tottenxem" tarixidagi ikkinchi eng qimmat xarid bo'ldi. "Shporlar" bosslari faqat Dominik Solanke uchun qimmatroq to'lagan, hujumchi "Tottenxem"ga 64,3 mln evroga tushgan.
"Tottenxem" tarixidagi uchinchi eng qimmat transfer - Tangi Ndombele, uning uchun "shporlar" bir necha yil oldin "Lion"ga 62 mln evro berishgandi.