Kubarsining raqami o'zgaradi

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi yangi mavsumni yangi raqamda o'tkazadi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Inigo Martines jamoadan ketganidan so'ng 18 yoshli ispaniyalik hozirgi 2-raqamni 5'ga almashtiradi.
La Liga yangi mavsumi ilk turida "Barselona" 16 avgust kuni "Malorka" mehmoni bo'ladi.