"Barselona" biroz avval "Tegu"ga qarshi o'yin o'tkazdi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin yakunida kataloniyaliklarga yoqmaydigan hodisa yuz berdi.

Ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Pau Kubarsi 87-daqiqada jarohati sabab almashtirildi.

Tekshiruvlardan so'ng uning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi ma'lum bo'ladi.