Kuadrado yangi klubi uchun 4 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi

"Chelsi", "Inter" va "Yuventus" klublarining sobiq vingeri Xuan Kuadrado A Seriyaga chiqqan "Piza" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi 4 avgust kuni klub qarorgohiga tibbiy ko'rikdan o'tish va hujjatlarni imzolash uchun keladi. Kuadrado erkin agent sifatida "Piza"ga o'tadi. Uning "Atalanta" bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etdi. O'tgan mavsumda u 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Piza" bozor bahosi 1 million evroga baholanayotgan 37 yoshli kolumbiyalik futbolchi jamoaning chempionatda jon saqlab qolishda kurashishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.