"Kristal Pelas"ning Evropa Ligasidan chetlatish bo'yicha apellyatsiyasi qachon ko'rib chiqilishi ma'lum bo'ldi.

Avvalroq UEFA Angliya Kubogini qo'lga kiritgan London klubiga "Lion" tufayli Evropa Ligasida ishtirok etishga ruxsat bermagandi - iyungacha ularning xo'jayini Jon Tekstor bo'lgan. Yangi mavsumda "Kristal Pelas" Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.

Klub UEFA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilgan.

ESPN xabariga ko'ra, CAS "Kristal Pelas"ning apellyatsiyasini 8 avgust kuni ko'rib chiqadi, majlis yopiq tarzda o'tkaziladi. Yakuniy hukm 11 avgust kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.