"Kristal Pelas" "Lion"ning tufayli Evropa ligasidan chetlatilishi mumkin

UEFA “Kristal Pelas”ni keyingi mavsumda Evropa ligasidan chetlashtirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “burgutlar” Konferentsiyalar ligasiga yo'naltiriladi va ularning o'rnini “Nottingem Forest” egallaydi. Avvalroq, Frantsiya futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy boshqarmasi "Lion" Liga 1dagi o'rnini saqlab qolishga ruxsat bergan edi.
UEFA reglamentiga ko'ra, egasi bir bo'lgan ikkita klub bir xil evrokuboklar turnirida o'ynay olmaydi, imkoniyta o'z chempionatida yuqoriroq pog'onani egallagan jamoaga beriladi.
“Kristal Pelas” UEFAni bu qarorni bekor qilishga ishontirishga urindi, chunki biznesmen Jon Tekstor klubdagi ulushini sotib yubordi. Londonliklar taklifi rad etildi, chunki bu masala 1 martgacha hal qilinishi kerak edi.