"Kristal Pelas" Gessan bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Frantsiyaning "Nitstsa" klubi forvardi Evan Gessan Angliyaning "Kristal Pelas" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Uitli o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida o'ynagan futbolchi so'nggi o'yinlardagi sermahsulligi bilan bir qator xorij klublarini o'ziga jalb qilgan, ammo Angliya kubogining amaldagi g'olibi hisoblangan "Kristal Pelas" hozircha bu kurashda etakchilik qilmoqda.
O'tgan mavsumda Evan Gessan klub miqyosida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda.