Kosta Tszyuning o'g'li ikki daqiqa ichida WBO Inter-Continental chempionlik jangida g'alaba qozondi

Sobiq mutlaq jahon chempioni Kosta Tszyuning o'g'li avstraliyalik bokschi Nikita Tszyu yarim o'rta vazn toifasida (69,85 kg gacha) WBO Inter-Continental chempionlik kamari uchun kechgan jangda shimoliy makedoniyalik Lulzim Ismoiliyni texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
Jang Sidneyda bo'lib o'tdi va birinchi raundda yakunlandi. Ismoiliy jangning ikkinchi daqiqasidayoq nokautga uchradi va o'zini yo'qotdi. Shu zahotiyoq u qovurg'asi singanligi sababli jangni davom ettirishdan bosh tortdi. U 12 g'alabadan so'ng faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Tszyu 11 ta jangda 11-g'alabasini (to'qqiztasi nokaut bilan) qo'lga kiritgan, oxirgi marta 2024 yil avgustida jang qilgan edi.