Koreya terma jamoasi a'zosi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi

Koreya terma jamoasi yarim himoyachisi Xyun Sok Xong "Maynts"dan "Nant"ga o'tdi. Klublar 26 yoshli koreyalik futbolchini bir yillik ijarasi bo'yicha kelishib oldi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 3,5 million evroga baholamoqda.
Xong 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.