Bugun Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichiga yo'llanma beruvchi so'nggi saralash raundi o'yinlari start oladi.

"Istanbul Bashakshexir" bugun o'z maydonida Ruminyaning "Universitet Krayova" jamoasini qabul qiladi.

Toshkent vaqti bilan 22:45'da start oladigan o'yinda hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov maydonga tushishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.