Konferentsiyalar ligasi. Shomurodov to'liq o'ynagan, Fayzullaev debyut qilgan bahsda "Bashakshehir" imkoniyatni boy berdi (videosharh)

Evropa konferentsiyalar ligasi saralash bosqichidan o'rin olgan "Bashakshehir" va Ruminiyaning "Universitatya Krayova" jamoalari o'rtasidagi ilk o'yin bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'limda mezbonlar ustunlikka ega bo'lgani bilan, hisobni ruminiyaliklar ochishdi. 45+2-daqiqada Chikildeu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (0:1).
Bahsning 61-daqiqasida "Krayova" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo'ldi. "Bashakshehir" o'yin so'ngida hujumkorlikni oshirdi. 77-daqiqada Abbos Fayzullaev zaxiradan maydonga tushib, yangi jamoasida o'zining ilk o'yinini o'tkazdi.
89-daqiqada Festi Ebosele "Bashakshehir"ning mazkur uchrashuvdagi ilk golini urdi.
Shomurodov mazkur o'yinda to'liq ishtirok etdi. Jamoalar o'rtasidagi javob o'yini bir haftadan keyin bo'lib o'tadi.