Davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan samarali foydalanishni maqsad qilgan OKMK kecha, 26 iyul oqshomida Olmaliqda "Andijon" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'yin o'ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to'rtta taym shaklida o'tdi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda "konchilar" 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning barcha taymlarida OKMK FK tashabbusni o'z qo'lida ushlab, raqib himoyasiga muntazam bosim o'tkazib turdi. Tezkor hujumlar va intizomli o'yin natijasida "konchilar" ketma-ket gollar urib, yakunda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Nazorat o'yini.

26 iyul.

"OKMK sport majmuasi" stadioni.

OKMK FK — "Andijon" 5:1

Gollar: Akbar O'ktamov (45), Ali Abdurahmonov (49), (51), Ajak Riak (98), Ruben Sanchez (139) — Damir Temirov (27