Konatega Angliyadan da'vogar paydo bo'ldi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate jamoa bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng, kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.
26 yoshli frantsuzga asosiy da'vogar sifatida "Real" ko'rilayotgan edi, ammo Sky Sports xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashga "Chelsi" ham qo'shilgan.
"Aristokratlar" futbolchi uchun "Real"dan yaxshiroq moliyaviy taklif yuborish imkoniyatiga ega.