"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate mersisaydliklar safidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

26 yoshli frantsuzni "Real" kelasi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritishni maqsad qilgan bo'lsa-da, Konate hozirda "qizillar" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Frantsuz klubda baxtli va qolishni istamoqda.