"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa vingeri Kingsli Koman faoliyatini "An-Nasr"da davom ettirishini tasdiqladi.

"O'yinchi ketishga qaror qilganda bu hissiyotga boy bo'ladi. Ammo biz uning tanlovi va karerasini hurmat qilamiz. U biz uchun buyuk futbolchi edi", - dedi Kompani matbuot anjumanida.

Myunxenliklar Koman transferidan taxminan 30 million evro ishlab oladi. Futbolchi riyodliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.