"Komo" prezidenti Mirvan Suvarso klubni yulduz hujumchi Lionel Messi bilan bog'layotgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Messi? Bu hatto orzu ham emas. Bu shunchaki imkonsiz," - deya Suvarsoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano Sky telekanaliga tayanib.

Avvalroq, "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Leo Messining bir kun kelib "Komo"ga kelishini taxmin qilgandi.