Krishtianu Ronaldu Kingsli Komanning "An-Nasr"ga transferida muhim rol o'ynadi.

Bild nashrining yozishicha, portugaliyalik vinger nomzodini qo'llab-quvvatlagan, uning sifatlariga qoyil qolgan va aynan u bilan o'ynashni istayotganini aytgan.

Bu esa "An-Nasr" rahbariyatini transferni amalga oshirishga uzil-kesil ishontirdi.

Avvalroq, "Bavariya" Komanni bonuslar bilan birga 35 mln evroga sotishi ma'lum bo'lgandi. 29 yoshli frantsuz yiliga 20-25 mln maosh oladi.