"Bavariya"ning chap qanot vingeri Kingsli Koman dastxat ulashayotgan vaqtida muxlislarga murojaat qildi.

«Yaqinda ba'zi narsalarni aytib beraman», - dedi Koman.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 29 yoshli frantsuz "An-Nasr"ga o'tishi va Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Koman 2015 yilning avgustida "Yuventus"dan 7 million evro evaziga ikki yillik ijara shartnomasi asosida, keyin esa 21 million evro evaziga to'liq transfer qilingan. Bungacha u "PSJ" sharafini himoya qilgan.