Kolo-Muani mavsumga tayyorgarlikni "PSJ"ning yoshlar jamoasida boshlaydi

Randal Kolo-Muani mavsumga tayyorgarlikni "PSJ"ning yoshlar jamoasida boshlaydi.
Frantsiyalik hujumchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus"da ijara asosida o'tkazdi va A Seriyaning 16 o'yinida 8 ta gol urdi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng futbolchi parijliklar safiga qaytdi va U21 jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Milan Shkrinyar, Marko Asensio, Karlos Soler va Nordi Mukiele ham allaqachon "PSJ" yoshlar jamoasi bilan ishlamoqda. Klub yozgi transfer oynasida bu futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.
Randal Kolo-Muanini parijliklar 2023 yilda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan 90 million evro evaziga sotib olgandi.