"PSJ" markaziy hujumchisi Randal Kolo-Muani faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, frantsiyalik hujumchi "Yuventus"ning "PSJ" bilan og'ir muzokaralariga qaramay, kelajagi borasida xotirjamlikni saqlamoqda. Ta'kidlanishicha, Kolo-Muani boshqa klublar bilan muzokara o'tkazmayapti va shunchaki tomonlarning kelishib olishini kutmoqda. Kelishuv transfer oynasi yakuniga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

Kolo-Muani o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Yuventus"da ijara asosida o'tkazgan edi. U turinliklar safida 22 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.