Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Joel Kojo faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi xizmatiga “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

U o'tgan mavsumni Eronning “Istiqlol” jamoasida o'tkazdi.

Tehronliklar Kojoni Samarqandning “Dinamo” klubidan 300 ming evro evaziga sotib olgandi.