Bugun, 9 iyul kuni, 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi yarim final bahsi bo'lib o'tadi. Unda Frantsiyaning "PSJ" va Ispaniyaning "Real" Madrid jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Yarim final
2025 yil 9 iyul, chorshanba. Soat 23:59
PSJ (Parij, Frantsiya) — "Real" Madrid (Madrid, Ispaniya)
"Real": Kurtua, Valverde, Ryudiger, Asensio, Fran Garsiya, Gyuler, Tchuameni, Bellingem, Vinisius, Mbappe, Torres.
"PSJ": Donnarumma, Hakimiy, Markinos, Beraldo, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Due, Dembele, Kvaratsxeliya.

Eslatib o'tamiz, chorak finalda parijliklar "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. "Qalboqilar" esa Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finali 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz