FIFA har 2 yilda bir marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazmaydi. Qaror allaqachon qabul qilingan, deya xabar berdi Marca nashri.

Navbatdagi turnir 2029 yilda bo'lib o'tadi. Ayni paytda KO'JCh qaerda o'tkazilishi noma'lum, biroq unga birdaniga 5 ta davlat da'vogarlik qilmoqda: AQSh, Ispaniya, Marokash, Qatar va Braziliya.