KO'JCh. Hal qiluvchi o'yin qachon bo'lib o'tadi?

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining har ikki finalchisi ma'lum bo'ldi.
Yarim finalda "Chelsi" "Fluminense"ni (2:0) mag'lub etgan bo'lsa, "PSJ" "Real"ni (4:0) tor-mor etdi. Angliya va Frantsiya klublari 13 iyul kuni hal qiluvchi bahsda to'qnash kelishadi.
Final Ist-Raterforddagi "Metlayf Stedium" arenasida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:59'da start oladi.
Manba: www.stadion.uz.