"Chelsi" - "PSJ" o'rtasidagi KO'JCh finalida tomoshabinlar soni bo'yicha rekord o'rnatildi.

AQShda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi bahsida "Chelsi" "Pari Sen-Jermen"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).

O'yin Nyu-Jersi shtatining Ist-Raterford shahridagi Metlayf stadionida bo'lib o'tdi. O'yinga 81 118 tomoshabin tashrif buyurdi - bu turnir rekordi.

Bu borada ikkinchi o'yin guruh bosqichining birinchi turida "PSJ" va "Atletiko" (80 619) o'rtasidagi o'yin bo'ldi.