Klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi - "Chelsi" finalda "PSJ"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Turnir yakunlariga ko'ra, londonliklar markaziy yarim himoyachisi Entso Fernandes eng yaxshi assistentga aylandi. Uning hisobida 3 ta golli uzatma bor.

Shuningdek, argentinalik futbolchi klublar o'rtasidagi mundialda 7 ta o'yinda 1 ta gol urgan.

Ushbu turnirda ishtirok etgan yana 17 nafar futbolchida 2 tadan assist mavjud.