Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini ikki milliard tomoshabin tomosha qildi.

"Chelsi" turnirning final uchrashuvida "PSJ"ni mag'lub etib (3:0) kubokni qo'lga kiritdi.

The Guardian nashrining DAZN insayderlariga tayanib yozishicha, musobaqaning umumiy auditoriyasi ikki milliard tomoshabinni tashkil qilgan. Shu bilan birga, tomoshabinlarning taxminan 5 foizi premium-xizmatga obuna bo'lishdi.

Qayd etilishicha, reytinglar ayniqsa Braziliyada "Palmeyras" 1/8 finalga, "Fluminense" esa yarim finalga chiqqanidan keyin yuqori bo'lgan.

Xususan, "Chelsi"ning "Los-Anjeles"ga qarshi o'yinini DAZN ilovasida 8 million tomoshabin tomosha qilgan va Buyuk Britaniyadagi sublitsenziyani hisobga olgan holda umumiy auditoriya 25 millionga yaqin tomoshabinga etgan.