"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Red Bull" futbol bo'limida maslahatchi lavozimida ishlayotgan Yurgen Klopp "qizillar" haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Endi har kuni u erda ("Liverpul"da) bo'lishim shart emasligidan xursandman. "Liverpul"dagi davr ajoyib edi, lekin u ortda qoldi.

Bu turli-tuman xotiralar guldastasi bo'lib, ularning 99 foizi ajoyib», - dedi 58 yoshli nemis mutaxassisi.

Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"da ishlagan.