Kingsli Koman «An-Nasr» bilan uch yillik shartnoma imzoladi — Fabritsio Romano

Frantsiya terma jamoasi vingeri Kingsli Koman Saudiyaning «An-Nasr» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Bavariya» futbolchisi yangi jamoasi bilan uch mavsumga mo'ljallangan shartnoma tuzgan. Avvalroq, futbolchining «An-Nasr»ga o'tishida jamoa forvardi Krishtianu Ronaldu muhim rol o'ynagani ma'lum qilingan edi.
Kingsli Koman «Pari Sen-Jermen» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Manba: championat.com