Kezaga "Napoli" ham da'vogarlik qilmoqda

Federiko Keza barqaror o'yin vaqti va 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar Italiya terma jamoasiga qaytish imkoniyatini izlab, "Liverpul"ni tark etishi mumkin.
Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, vaziyatni kuzatib borayotgan klublardan biri "Napoli" hisoblanadi. Italiya chempioni 27 yoshli hujumchi nomzodini "Bolonya"dan Dan Ndoyega muqobil variant sifatida ko'rmoqda.
Kezaning "Roma"ga o'tishi varianti ham istisno qilinmaydi. Rimliklar ustozi Jan Pero Gasperinining fikricha, hujumchi uning taktik rejalariga juda mos keladi. Shu bilan birga, "Liverpul" talab qilayotgan narx (12 million evro) poytaxt klubi byudjeti doirasida.