Keza "Liverpul"ning Osiyodagi turnesiga olib ketilmadi

Federiko Keza "Liverpul"ning yaqinlashib kelayotgan Osiyo turnesida ishtirok etmaydi, deb xabar beradi Liverpool.com sayti.
Manba bergan xabarga ko'ra, 27 yoshli italiyalik vinger hozirgi jismoniy holati tufayli "mersisaydliklar" tarkibiga kiritilmagan. Bir kun avval Keza "Stok Siti"ga qarshi o'rtoqlik o'yinining (5:0),tanaffusida maydonga tushdi va darhol gol urdi.
Qayd etish joiz, Angliya Premer-ligasida o'tgan mavsum u uchun omadsiz kechdi – vinger bor-yo'g'i oltita o'yinda qatnashdi va birorta ham golli harakatni qayd eta olmadi. Iyun oyida Keza A Seriyaga qaytishi va "Napoli" bilan bog'langani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Osiyo turnesi doirasida "Liverpul" ikkita o'yin o'tkazadi: 26 iyulda "Milan"ga qarshi va 30 iyulda "Yokogama Marinos"ga qarshi.